O‘zbekiston | 10:55 / 24.05.2018
4455
2 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashning intellektual tizimlari joriy etiladi 

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlashning intellektual tizimlari joriy etiladi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.

Xususan, 2019 yil sentabr oyiga qadar yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlovchi viloyat bo‘linmalari yo‘l-transport hodisalari va YPX qismlari joylashuvi to‘g‘risidagi axborotni aks ettiruvchi geolokatsion vositalar bilan jihozlanadi.

2019 yil noyabr oyigacha yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan holatlarni hisobga olishning yagona avtomatlashtirilgan bazasi elektron xaritada yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari to‘g‘risidagi axborot aks etishini hisobga olgan holda jihozlanadi.

2019 yil dekabrga qadar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lgan mobil ilova ishlab chiqiladi:

yo‘l-transport hodisalari o‘choqlari, avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalarida harakatlanishni vaqtinchalik to‘xtatish haqida qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida axborot olish;

foydalanuvchilar uchun Yo‘l harakati qoidalari buzilgan va yo‘l infratuzilmasi shikastlangan holatlar to‘g‘risida axborot joylashtirish;

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar to‘lash bo‘yicha tranzaksiya xizmatlarini ko‘rsatish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobil transporti bosqichma-bosqich zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlanishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid