Nafaqat haydovçilar, balki piyodalar ham yöl harakati qoidalariga rioya qilmay qöyişgan. Yölning belgilanmagan qismidan kesib ötuvçilar va harakat vaqtida mobil qurilmalardan foydalanuvçilar, avvalo, özlarining soğligi va hayotlarini xatarga qöyayotganliklarini anglaşmayapti. Toşkentda ötgan navbatdagi reydda ana şunday huquqbuzar piyodalar jarimaga tortildi.
Toşkent şahrida odamlar köp harakatlanadigan çorraha va bozorlar atrofida piyodalar bilan boğliq yöl transport hodisalarining oldini oliş maqsadida “Diqqat piyoda” profilaktik tadbirlari bölib ötmoqda.
Şunday tadbirlarning navbatdagisi Çilonzor metro bekati atrofida ötkazildi. Şu narsa ma’lum böldiki, köplab fuqarolar piyodalar ötiş yölida svetofor çiroqlariga amal qilsa-da, lekin telefonda gaplaşib yoki quloqçin taqqan holda harakatlanmoqda.
Şuningdek, tadbir davomida piyodalarning belgilanmagan joylardan harakatlanişi eng köp buzilayotgan qoidabuzarlik bölgani kuzatildi. Qoidabuzar piyodalarning ba’zilari ogohlantirilgan bölsa, boşqalariga ma’muriy çora körildi.
Eslatib ötamiz, ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 138-moddasiga köra, piyodalar ötiş joyida harakatlanayotganda telefondan foydalaniş, kitob yoki davriy naşrlarni öqiş, videomaterial tomoşa qiliş hamda audiomaterial eşitiş, şuningdek, e’tiborni çalğitadigan boşqa elektron vositalardan foydalaniş — bazaviy hisoblaş miqdorining uçdan bir qismi (110 ming söm) miqdorida jarima solişga sabab böladi.
















