08:14 / 24.05.2018
12992

Po‘lat Bobojonov Ramazon Hamro Rahimzoda bilan nimalarni muhokama qildi?

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov Tojikiston Respublikasi ichki ishlar vaziri militsiya general-polkovnigi Ramazon Hamro Rahimzoda bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Foto: IIV axborot xizmati

Unda terrorizm, ekstremizmning turli ko‘rinishlari, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosiga qarshi kurashish va tezkor axborot almashishni faollashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Muhokama qilingan masalalar har ikki qardosh mamlakat ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorlikdagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolishini ikki davlat idora rahbarlari alohida qayd etdilar. Uchrashuv davomida boshqa muhim masalalar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan kelishuv hujjatlari imzolandi. 

Bundan tashqari, mehmonlar Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishganlar.

Top