Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda Tramp va Kim Chen In uchrashishi mumkin bo‘lgan mehmonxona to‘liq egallab qo‘yildi
Foto: AP/Dita Alangkara
AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 12 iyunda uchrashishi mumkin bo‘lgan Singapurdagi Shangri-La mehmonxonasi 10 iyundan 15 iyungacha xonalarni bronlashni to‘liq to‘xtatdi. Bu haqda mehmonxona xodimlari ma'lum qilishdi.
Ushbu mehmonxonada 1-3 iyun kunlari Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha xalqaro anjuman Shangri-La Dialogue bo‘lib o‘tadi.
Shangri-La mehmonxonasi Orchard savdo ko‘chasi yaqinida joylashgan. Mehmonxonada muzokaralar va xonalarga olib boruvchi alohida kirish bor. Muzokaralar vaqtida bu kirish joyi chodir bilan yopiladi va undan faqat tadbirlar ishtirokchilarigina foydalana oladilar. The Straits Times nashrining yozishicha, Kim Chen In Singapurda bir kun bo‘lmoqchi. Ma'lum qilinishicha, u muzokaralar kuni kelib, ular yakunlangandan keyin Pxenyanga qaytib ketishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026
Kim Chen In yana KXDRda eng oliy lavozimga saylandi
16:31 / 25.02.2026