Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Foto: Xalqaro press-klub
2018 yilning 22-23 may kunlari Boku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha navbatdagi O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Maslahatlashuvlarda Ozarboyjon tomonidan Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro huquq va shartnomalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rizvan Nabiyev rahbarligidagi delegatsiyasi qatnashdi.
Muzokaralar davomida ko‘rib chiqilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvda mavjud salohiyatdan kengroq foydalanish va transport hamda tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki davlat avtotashuvchilari uchun qulay sharoitlar yaratish muhimligini inobatga olgan holda tomonlar avtomobilda tashuvlar to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim tuzishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar va uni imzolash masalasini bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar doirasida amalga oshirishga kelishdilar.
Mavzuga oid
22:04 / 05.02.2026
Boku sudi Tog‘li Qorabog‘ning besh nafar rahbarini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
17:50 / 27.01.2026
O‘zbekiston Rossiyadagi reydlarda o‘z fuqarolarining huquqlari ta’minlanishini so‘radi
09:29 / 23.01.2026
Poraxo‘rlik ishi: Bundestag sobiq deputati shartli jazoga hukm qilindi
19:52 / 19.01.2026