Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubada halokatga uchragan Boeing’ning ikkinchi «qora qutisi» topildi
Kubada halokatga uchragan Boeing 737-200 samolyoti parchalarini yig‘ayotgan qidiruv guruhlari ikkinchi bort o‘ziyozar (o‘zi yozib boradigan asbob - qora quti)ni topishdi. Bu haqda Reuters mahalliy televideniyega asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, birinchi «qora quti» topilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Boeing 737-200 Kuba hududida 18 may kuni halokatga uchradi. Aviahalokat oqibatida 111 kishi halok bo‘ldi, ikki inson omon qoldi. Qurbonlar orasida Meksikaning yetti fuqarosi bor. Aviahalokatdan so‘ng mamlakatda uch kunlik milliy motam e'lon qilindi.
Ayni damda laynerning halokatiga nima sabab bo‘lgani aniqlashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kubadagi aviahalokat qurbonlari soni oshgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
10:10 / 12.06.2026