Jahon | 08:16 / 22.05.2018
9045
1 daqiqa o‘qiladi

Kubadagi aviahalokat qurbonlari soni oshdi

Foto: REUTERS/Alexandre Meneghini

18 mayda Gavana – Olgin yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshirayotib, halokatga uchragan Boeing 737-200 samolyoti fojiasida omon qolgan uch ayoldan biri shifoxonada olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

Shu tariqa, aviahalokat qurbonlarining umumiy soni 111 kishiga yetdi.

Xabar qilinishicha, gap Kubaning 23 yoshli fuqarosi bo‘lgan Grettel Landrove haqida boryapti. Uning o‘limi haqidagi xabar davlat OAV tomonidan e'lon qilingan.

Aviahalokatda omon qolgan boshqa ikki ayol o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda. Bu haqda ular samolyot qulaganidan so‘ng olib ketilgan shifoxona bosh shifokori ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Kuba rahbariga hamdardlik bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid