O‘zbekiston | 13:58 / 25.05.2018
6839
4 daqiqa o‘qiladi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan Andijon viloyati mahalliy byudjyetining 2018 yil 1-choragi ijrosi muxokama etildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 5-6 aprel sanalarida Andijon viloyati mahalliy byudjyetining 2018 yilning 1-choragi ijrosi o‘rganilgan edi.

Joriy yilning 23 may sanasida Andijon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, byudjyet iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi a'zolari To‘xtaboyev Abdurashid Tursunovich hamda Abduboqiyev Siddiqjonlar ishtirokida mazkur o‘rganishlar yakunlari muxokama etildi.

Muxokama jarayonida Andijon viloyati moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Xaydarovning Andijon viloyati mahalliy byudjyetining 2018 yilning 1-choragi ijrosi to‘g‘risidagi hisoboti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bo‘yicha axboroti tinglandi.

O‘tkazilgan yig‘ilish yakuni bilan moliya, soliq idoralari tomonidan 2018 yil byudjyetining sifatli ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustivor vazifalar belgilab olindi. Jumladan;

1. Iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish va soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish hisobiga soliq solish bazasini kengaytirish va mavjud boqimanda qarzdorliklarini undirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga joriy yilda 221.1 mlrd.so‘m qo‘shimcha mablag‘lar undirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Bunda 2018 yil birinchi choragida daromadlar rejasi
58,8 mlrd.so‘mga (121,5 foiz) ortig‘i bilan bajarilganligini inobatga olgan holda ikkinchi chorakda bu ko‘rsatkichni
70,0 mlrd.so‘mga yetkazish.

2.  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2017 yil 29 iyundagi “Mahalliy byudjyetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarni aniqlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 445-Q sonli qarori ijrosi borasida olib borilayotgan ishlarni davom ettirish;

(Ma'lumot uchun; 2018 yil 1-choragida qo‘shimcha izlab topilgan qo‘shimcha daromad manbai miqdori 25 mlrd.so‘mni tashkil etgan)

3. 2018 yil 1 chorak yakuni bilan byudjyet oldida turgan boqimanda qarzdorliklar miqdorini kamaytirish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

4. Byudjyet xarajatlarini xalqimiz uchun ochiq va oshkora bo‘lishini ta'minlash maqsadida, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilgan holda, mahalliy byudjyet xarajatlarni tasarruf etishda adolatlilik, ochiqlik va shaffoflik prinsiplariga rioya qilishni ta'minlash;

5. Mahalliy byudjyetda ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni (nafaqalar, ish xaqlaridan ajratmalar) o‘z vaqtida moliyalashtirish va naqd pul bilan ta'minlash;

6. Byudjyet muassasalariga oziq-ovqat, dori-darmon, yumshoq va qattiq jihozlar sotib olish kabi ijtimoiy axamiyatga ega bo‘lgan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta'minlash, ulardan maqsadli va samarali foydalanishni nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlarni belgilash;

7. Sektor raxbarlari bilan birgalikda xududlarda joylashgan ijtimoiy-iqtisodiy soxa muassasalarga tashrif ishlarini davom ettirish, ularda mavjud muammolardan doimiy ravishda xabardor bo‘lgan holda bartaraf etish masalasida qarorlar qabul qilish;

8. Byudjyet ijrosi jarayonida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axborotlarni ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ravishda berib borish;

9. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida bergan topshiriqlariga muvofiq soliq solish bazasini kengaytirish, boqimanda qarzdorliklarni undirish va qo‘shimcha daromadlar manbalarini izlab topish orqali 2018 yil yakuni bilan daromadlar reja ko‘rsatkichini
300 mlrd.so‘mga ortig‘i bilan bajarish borasida tegishli hisob kitoblarni amalga oshirish va ijrosini ta'minlash kabi vazifalar belgilab olindi.

Mavzuga oid