Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV ogohlantirdi: Rossiyada jahon chempionati vaqtida ro‘yxatga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2018 yil 12 maydagi 214-sonli qaroriga muvofiq futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladigan paytda, ya'ni 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligacha bo‘lgan davrda, chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslarni ro‘yxatga olish muddati 1 sutkadan 3 sutkaga oshirildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Bundan tashqari, ro‘yxatga olish tartibiga yana bir o‘zgartirish kiritildi. Ilgari 2018 yil 25 mayidan 25 iyuligacha bo‘lgan davrda chempionat o‘tkaziladigan shaharlardan biriga kelgan xorijliklar yoki Rossiya fuqarolari faqatgina ichki ishlar bo‘linmalarida (IIB) ro‘yxat turishlari lozim bo‘lgan bo‘lsa, endilikda IIB yoki «Mening hujjatlarim» («Moi dokumenty») ko‘p funksiyali markazlarida (KFM) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Mazkur qaror Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasiga egaligidan qat'i nazar barcha xorijliklarga taalluqlidir. Ushbu tartib faqat futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan 11ta shaharga borishdagina dolzarb hisoblanadi. Ushbu shaharlar quyidagilar: Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Samara, Sochi, Saransk, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov-Don, Qozon va Yekaterinburg.
Mavzuga oid
08:46
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026