Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida 2ta avtobus yo‘nalishi yopildi
Toshkent shahar hokimligining barcha turdagi yo‘lovchi transportini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining buyrug‘i bilan 7A (Toshkent vokzali – Nurafshon ko‘chasi) va 7B (Toshkent vokzali – Nurafshon ko‘chasi) avtobus yo‘nalishlari yopildi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» xabarida aytiladi.
Shuningdek, shahar hokimligining barcha turdagi yo‘lovchi transportini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentining buyrug‘i bilan 151-sonli avtobus yo‘nalishi o‘zgartirildi. Endi u «Chilonzor buyum bozori – Yunusobod 19-dahasi bekati» yo‘nalishida qatnaydi. Yo‘nalishning belgilangan ish vaqti: 6:00 - 21:00.
Bundan tashqari, Yakkasaroy tumanidagi Sh.Rustaveli va Muqimiy ko‘chalari chorrahasidagi yo‘l o‘tkazgich rekonstruksiya qilinayotgani tufayli, 32, 132 va 135-avtobuslarning yo‘nalishlari vaqtinchalik o‘zgartirilgan.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
09:23 / 11.07.2026
Toshkentda avtobus qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026