22:20 / 26.05.2018
12460

YeChL finalida keyingi 38 yil ichida ilk bor anshlag bo‘lmaydi

Yevropa Chempionlar ligasining 2017/2018 yilgi mavsumi finali 1980 yildan buyon ilk marta anshlag bo‘lmaydigan finalga aylandi. Bu haqda jurnalist Tankredi Palmeri o‘z tvitterida yozib qoldirgan.

«Real» muxlislari Kiyevdagi final uchrashuviga bir necha kun qolganida chiptalarni qaytargandi, shuningdek, «Liverpul»ning mingga yaqin fanati reyslar bekor qilingani uchun Ukraina poytaxtiga yetib kela olmadi. Turnir tashkilotchilari esa bu chiptalarni qayta sotmaslikka qaror qilishgan. Shu tariqa, 38 yildan buyon ilk marta final uchrashuvi to‘lmagan tribunalar bilan o‘tadi. Oxirgi marta bunday holat 1980 yili «Nottingem Forest» — «Hamburg» (1:0) uchrashuvida kuzatilgandi.

AS nashri 20 may kuni «Real»ning 2 ming nafardan ortiq muxlisi Chempionlar ligasi finali uchun sotib olgan chiptalarini qaytargani haqida xabar tarqatgandi. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, fanatlar logistika bilan bog‘liq muammolar, Kiyevda yashash xarajatlari yuqoriligi tufayli shunday qaror qabul qilishgan. Shahar meri Vitaliy Klichko bu ma'lumotni «feyk nyus» deb atadi.

Mavzuga oid
Top