Light | 23:00 / 26.05.2018
37608
4 daqiqa o‘qiladi

Fotosuratchi Shimoliy Koreyaning eng boy kishilarini suratga tushirdi

Shimoliy Koreya o‘zgarmoqda — kamida iqtisodiy sohada. Tobora ko‘plab fuqarolar donju (pul ustasi) ga aylanib bormoqda. Bu o‘rta qatlamga mansub kishilar bo‘lib, ularning partiya bilan bog‘liq bo‘lmagan xususiy daromad manbalari bor, deb yozadi Nextshark.

Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen

Xitoylik fotosuratchi Kristian Petersen-Klauzen o‘zining Pyongyangga qilgan 10 kunlik safarida davomida shunday odamlar borligini aniqladi. Uni ko‘chalarda uyali telefonga ega bo‘lgan ko‘plab insonlar hayratga solgan, chunki avvalgi tashriflarida ularni ko‘rmagan edi. Bundan tashqariy ommaviy turmush sharoitining yaxshilanganini ko‘rsatib turuvchi boshqa belgilar ham ko‘rinib turardi.

Foto: Kristian Petersen-Klauzen

«Bir yil avvalgidan ko‘ra smartfon va kameralar, shuningdek elektr velosipedlar va qimmatbaho avtomobillar juda tezda ommalashibdi», — deydi Petersen-Klauzen.

Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen

Bu sahnalar ko‘plab xorijliklarningShimoliy Koreya deganda xayollariga keladigan narsalar bilan keskin farq qiladi.

Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen

«So‘nggi bir necha yil ichida xizmat ko‘rsatish sohasi ham kengaygan. Pyongyangda hozir taksilar soni ortgan, garchi to‘lov uchun faqat xorijiy valyuta talab qilishsa-da. Hayvonot bog‘ida nikoh to‘yini o‘tkazish, parvoz maktabida yengil samolyotda uchish, tajribali murabbiylar qo‘l ostida otda sayr qilishni o‘rganish mumkin», — deydi suratkash.

«Donju»lar, asosiy vaqtini «Pyonghetten» — Pyongyangning nufuzli tumanida o‘tkazishadi. U yerda do‘konlar, restoranlar, tuni bilan ishlovchi qahvaxonalar bor.

«Aftidan, vaziyat shu darajada o‘zgarganki, ayrim insonlarda ko‘ngilxushlik qilish uchun ham vaqt topilmoqda. Bu- olti kunlik ish haftasiga va ko‘plab qo‘shimcha vazifa va topshiriqlarga beruvchi mamlakatda», — deydi Kristian.

 

Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen

«Lekin bu barchaning hayoti dabdabali va farovon bo‘lib, Shimoliy Koreya jannatning bir bo‘lagiga aylanib qoldi, degani emas aslo. U hamon qat'iy sanksiyalar ostida kun kechirayotgan mamlakat. Kishilarning kundalik hayoti nechog‘lik og‘ir ekanligini anglash uchun uzoqqa borish shart emas. Manzil sari eltib qo‘yuvchi qadimiy avtobusga minish uchun bekatdagi tuganmas navbatlardan tortib, dalalardagi og‘ir mehnatgacha — misollar hamma yoqda tiqilib yotibdi».

Foto: Kristian Petersen-Klauzen
Foto: Kristian Petersen-Klauzen

Shimoliy Koreyada elita sinfi ishbilarmonlar va ularning qarindoshlaridan iborat. Ular jami aholining taxminan 10 foizini tashkil etadi. Ularning mavjudligi mamlakatda o‘rnatilgan davlat tuzumiga zid, lekin hukumat mahalliy elitaning gullab-yashnashiga ko‘z yummoqda.

Mavzuga oid