Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In KXDRda sun’iy intellektni rivojlantirishni buyurdi
KXDR yetakchisi dronlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va «yangi kiritilgan sun’iy intellekt texnologiyasini jadal rivojlantirishga harakat qilish» niyatida.
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In hujumkor dron sinovini kuzatdi va sun’iy intellektni kengaytirishga buyruq berdi, deb xabar bermoqda AFP Shimoliy Koreya davlat OAVga tayanib.
KMTA axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan tasvirlarda dron havoga ko‘tarilib, nishonni yo‘q qilgani ko‘rsatilgan. Kim sinov natijalaridan «mamnun» ekanligini bildirdi, deyiladi nashrda. «UUA mamlakat qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishda muhim (jangovar) vositaga va muhim vazifaga aylanmoqda», — dedi KXDR rahbari.
Kim, shuningdek, dronlarni ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va «yangi kiritilgan sun’iy intellekt texnologiyasini jadal rivojlantirish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishni» buyurdi.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
20:12 / 01.07.2026