07:54 / 26.05.2018
19437

MDH Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. O‘zbekistondan kim qatnashdi?

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

2018 yil 23 may kuni Xitoy Xalq Respublikasining Nankin shahrida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i A.Mavlonov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi MDHga a'zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari Kengashining (SRPFR) 11-yig‘ilishida ishtirok etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, tadbirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikistonning moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan Jinoyatchilikka qarshi birgalikdagi choralar bo‘yicha davlatlararo dasturni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xatarlarni kamaytirish, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishni oldini olish bo‘yicha ularni tartibga soluvchi tavsiyalar ishlab chiqish, moliyaviy razvedka bo‘linmalarining MDH organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, xalqaro terroristik tashkilotlarning faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarni aniqlash bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok etgan MDH vakolatli organlarining ishtirok etish natijalari («Barer» operatsiyasi), shuningdek turli xil jinoiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan transmilliy moliyaviy oqimlarni aniqlanish («Mlechnyy put» operatsiyasi) holatlari muhokama qilindi.

Muhokama natijalariga ko‘ra moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlari tegishli qarorlar qabul qildi.

Departamentning MDHga a'zo davlatlar Moliyaviy razvedka bo‘linmalari rahbarlarining Kengashiga qo‘shilishi jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida milliy tizimni mustahkamlashga va xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid
Top