13:56 / 26.05.2018
4318

O‘zbekiston - Armaniston maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi 2018 yilning 24-25 may kunlari Yerevan shahrida hamkorlikning huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish va takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston-Armaniston maslahatlashuvlarida ishtirok etdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Armaniston tomonidan TIVning Yuridik departamenti direktori Satenik Abgaryan boshchiligidagi delegatsiya qatnashdi.

O‘zbekiston va Armaniston tashqi siyosat idoralari vakillari shartnomaviy-huquqiy bazaning umumiy holatini ko‘rib chiqdilar, ikki tomonlama hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashdilar hamda hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning huquqiy asoslarni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Maslahatlashuvlar davomida ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiya, turizm va transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorligini faollashtirish uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani shakllantirishga alohida e'tibor qaratildi.

Top