Sport | 05:11 / 27.05.2018
12183
1 daqiqa o‘qiladi

10tadan 9ta! Ispan klublari yevrokuboklarda tengsiz

Foto: Twitter/ChampionsLeague

"Real Madrid" hamda "Atletiko Madrid"  2017/18 yilgi mavsumdagi ikki yevrokubok – Chempionlar Ligasi hamda Yevropa Ligasini qo‘lga kiritishdi. 

Bu ispan klublarining so‘nggi 5 yildagi 9-yevrokubogi bo‘ldi. Primera a'zolari ushbu muddat ichida 5 marotaba Chempionlar Ligasini ("Real Madrid" 4 marotaba, "Barselona" 1 marotaba) va 4 marotaba Yevropa Ligasini ("Sevilya" 3 marotaba, "Atletiko" 1 marotaba) qo‘lga kiritishgan. 

Ingliz klublari esa ushbu vaqt oralig‘ida bir marotaba Yevropa Ligasida zafar quchishgan – o‘tgan mavsumda "Manchester Yunayted" g‘olib bo‘lgan edi. 

Shuningdek, ispan klublar ushbu muddat orasidagi barcha Yevropa Superkuboklarida g‘olib bo‘lishgan. 

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid