Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDRga Tramp va Kim Chen In uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish uchun AQSh delegatsiyasi yetib keldi
Shimoliy Koreyaga AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida AQSh delegatsiyasi yetib keldi. Bu haqda o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda The Washington Post nashri ma'lum qildi va delegatsiya uchrashuvning o‘tishi savol ostida qolayotganiga qaramay kelganini ta'kidlab o‘tgan.
AQSh delegatsiyasiga AQShning Janubiy Koreyadagi sobiq elchisi, 2005 yilda Shimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirish bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etgan Son Kim boshchilik qilmoqda. U yaqin orada Shimoliy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chxve Son Xi bilan uchrashadi.
AQSh delegatsiyasi tarkibiga, shuningdek, AQSh milliy xavfsizligi kengashi a'zosi va Janubiy Koreya hamda KXDR masalalari bo‘yicha mutaxassis Elison Xuker va AQSh mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi Rendall Shrayver ham kirgan.
Ma'lum qilinishicha, AQSh vakillari 28-29 may kunlari Shimoliy Koreya rasmiy vakillari bilan muzokaralarni davom ettiradilar.
AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining uchrashuvi 12 iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026