Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Suriyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirdi
Yevroittifoq Suriya hukumatiga nisbatan sanksiyalarni 2019 yil 1 iyunga qadar uzaytirdi.
Bu haqda Yevrokomissiya saytidagi bayonotda aytiladi.
Ta'kidlanishicha, sanksiyalarga 259 kishi va 67 tashkilot qamrab olingan.
«Hozirgi paytda Suriyaga qarshi amal qilayotgan sanksiyalar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: neftga embargo, ma'lum bir investitsiyalarga cheklovlar, Suriya markaziy bankining YeIda bo‘lgan aktivlarini muzlatib qo‘yish, ichki qatag‘onlar uchun qo‘llanilishi, shuningdek, internet yoki telefon aloqasini monitoring qilishi mumkin bo‘lgan uskuna va texnologiyalarga eksport cheklovlari», - deya aniqlik kiritiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Suriya hukumati keskinlikdan xoli hududda amaliyot rejalashtirganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
08:33 / 05.06.2026