Jamiyat | 08:17 / 28.05.2018
25369
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda ikki shaxs IIB xodimlarini do‘pposladi

Foto: KUN.UZ

Xorazm viloyatining Urganch tumanida 25 may kuni jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, Yuqorido‘rmon qishlog‘idan oqib o‘tuvchi “Amudaryo” daryosi bo‘yida Chandirqiyot qishlog‘ida yashovchi, muqaddam 3 marotaba sudlangan, J.S. va ukasi, muqaddam 2 marotaba sudlangan, H.S. mast holda shu yerda dam olayotgan fuqarolar bilan janjallashayotganliklari holati yuzasidan chaqiruv asosida voqea joyiga Urganch tuman IIBdan 2 nafar profilaktika inspektori yetib kelib, surishtiruv ishlari olib borayotganlarida J.S. va H.S. xodimlarga qarshilik ko‘rsatib, urib jarohat yetkazganlar. 

J.S. va H.S. qo‘lga olingan. Jarohat olgan IIB xodimlariga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda YPX inspektori hayotiga tajovuz qilingani, u vafot etgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid