07:37 / 28.05.2018
3031

Kolumbiya prezidenti saylovlarining 2-bosqichiga o‘tgan nomzodlar ma'lum bo‘ldi  

Gustavo Petro va Ivan Duke/Foto: AP

27 mayda Kolumbiyada o‘tgan prezidenti saylovlarining 1-bosqichida mutlaq g‘olib aniqlanmadi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, 17 iyunda o‘tadigan saylovlarning 2-bosqichiga 39 foiz ovoz bilan o‘ng kuchlar nomzodi Ivan Duke va 25 foiz ovoz bilan so‘l kuchlar nomzodi, poytaxt Bogotaning sobiq meri Gustavo Petro o‘tdilar.

Saylovlarning 2-bosqichi 17 iyunga belgilangan.

Kuzatuvchilarning ta'kidlashlaricha, hukumat Kolumbiya inqilobiy qurollangan kuchlari (KIQK) bilan tuzgan tinchlik sulhining keyingi taqdiri Kolumbiyaning keyingi prezidenti kim bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Duke bir necha bor bu bitim o‘zgartirilishi kerakligini, jumladan KIQKning sobiq a'zolari qurolli ixtilof vaqtida sodir etgan qonunbuzarliklari uchun jazolanishlari kerakligini aytgan. Petro esa, aksincha, bitimning saqlanib qolishini qo‘llab-quvvatlaydi. 

KIQK bilan tinchlik o‘rnatilishi yarim asrdan uzoqroq davom etgan va 250 mingdan ko‘proq odamning hayotini olib ketgan ixtilofga yakun yasagandi. Guruh qurollarni tashlagan va uning negizida siyosiy harakat tashkil etilgan.

Top