Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paragvay prezidenti iste'foga ketdi
Foto: Telegraf
28 may kuni Paragvay prezidenti Orasio Kartes senator bo‘lish uchun mamlakat milliy kongressi rahbari nomiga iste'foga chiqishi haqida ariza topshirdi. Bu haqda Kartesning o‘zi ma'lum qilgan.
“Men Paragvay prezidenti lavozimidan iste'foga chiqishimni e'lon qilaman. Ovoz berish vaqtida bildirilgan xalq istagini bajarib, mamlakatga senatda xizmat qilishni davom ettirish uchun. Paragvayni Tangrining o‘zi asrasin”, deb yozgan Kartes tvitterda.
Kartes Paragvayga 2013 yil avgustdan boshchilik qilib keldi. Joriy yil avgustida u baribir iste'foga ketardi, chunki aprelda o‘tgan saylovlarda yangi prezident etib Mario Abdo Benites saylangan. U Paragvayning so‘ngi diktatori, mamlakatni 1954 yildan 1989 yilgacha boshqargan Alfredo Stressner kotibining o‘g‘li hisoblanadi. Yangi prezident 15 avgustdan lavozimini bajarishga kirishadi.
Mamlakat qonuniga ko‘ra, prezident iste'foga ketgandan keyin uning o‘rnini avgustgacha vitse-prezident Alisiya Pucheta vaqtinchalik egallaydi.
Mavzuga oid
09:23 / 12.12.2025
O‘zbekiston va Paragvay birinchi xonimlari do‘stlik va gumanitar hamkorlikni muhokama qildi
18:00 / 11.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Paragvay prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi
20:44 / 10.12.2025
Paragvay prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
12:57 / 17.02.2025