Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonlik general hindistonlik hamkasbi bilan kitob yozgani uchun tergov ostiga tushdi
Foto:AP Photo / Anjum Naveed
Pokiston hukumati mamlakat milliy razvedkasining sobiq rahbari, hindistonlik hamkasbi bilan hammualliflikda josuslik haqida kitob yozgan general-leytenant Asad Durraniyning faoliyatini tergov qilmoqda.
Durraniy avval Pokiston razvedka boshqarmasi direktori lavozimini egallagan. U Spy Chronicles (Josuslik yilnomalari) deb nomlangan kitobni Hindiston razvedkasining tahliliy departamenti rahbari A.S.Dulat bilan birga yozgan.
“Iste'fodagi general Asad Durraniy armiya bosh shtabiga kitob bo‘yicha o‘z pozitsiyasini tushuntirish uchun chaqirtirildi. Tergov komissiyasiga bu vaziyatning barcha tafsilotlarini tekshirish buyurilgan”, deb yozgan tvitterda Pokiston qurolli kuchlari matbuot xizmati rahbari, general-mayor Asif G‘ofur. Uning ma'lum qilishicha, generalni mamlakatdan chiqish taqiqlangan kishilar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha chora ko‘rilgan.
Geo TV telekanalining ma'lum qilishicha, Pokistonning sobiq bosh vaziri Navoz Sharif kitob chop etilishi bilan bog‘liq tarzda o‘tgan haftada milliy xavfsizlik qo‘mitasi uchrashuvi o‘tkazilishini talab qilgan. Sharif va boshqa siyosatchilar Durraniy “Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlar eng quyi nuqtada bo‘lgan bir paytda” hindistonlik razvedkachi bilan hamkorlik qilganidan norozilik bildirishgan.
Mavzuga oid
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
09:06 / 03.01.2026