Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainalik admiral Rossiyani tiyib turuvchi omil haqida gapirdi
Ukraina mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari, zaxiradagi admiral Igor Kabanenko Ukraina tomonini Azov dengiz qirg‘oqlariga patrul qo‘yishga chaqirdi, bu Rossiya tomonidan kelayotgan tahdidga qarshi kurashish uchun kerak. Bu haqda RIA «Novosti» «Obozrevatel» portaliga asosan xabar qilmoqda.
Kabanenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Azov dengizida, Ukraina qirg‘og‘idan uncha uzoq bo‘lmagan yerda mashqlar o‘tkazmoqda. Bu esa «provokatsiya» hamda «dengizdan bostirib kirishning gibridli tahdidi» sanaladi. Uning fikricha, Kiyev inqirozning oldini olish uchun Moskvaga javob qaytarishi kerak.
«Birinchi navbatda - qirg‘oq hududi, dengiz hududiga patrul qo‘yish - sohilbo‘yidan 12 milya masofada. Ukraina Davlat chegara xizmati dengiz qo‘riqlash kuchlari tomonidan doimiy patrullar. Bu tiyib turuvchi omil», - deya aytib o‘tdi Kabanenko.
Bundan tashqari, Kabanenkoning fikricha, «qirg‘oqqa yaqin suvlarda eng yomon ssenariylarga» yo‘l qo‘ymaslik uchun harbiy-dengiz kuchlarining mobil guruhlarini tashkil qilish kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin G‘arb davlatlarini «qizil chiziqdan» o‘tmaslikka chaqirgandi.