Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyaning Lej shahrida hujum ro‘y berdi, 3 kishi halok bo‘ldi
Belgiyaning Lej shahrida ro‘y bergan hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, mergan yo‘q qilindi. Bu haqda dhnet.be xabar bermoqda.
Hodisa shahar markazidagi Ogyusten ko‘chasida 29 may kuni ertalab yuz berdi. Noma'lum erkak ikki politsiyachiga o‘q uzgan. Shundan so‘ng Avrua bulvaridan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi maktabga kirgan. U yerda jinoyatchi ayol kishini garovga oldi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, otishma oqibatida uch kishi halok bo‘ldi: ikki politsiyachi va bir o‘tkinchi. Hujum qilgan shaxs politsiya tomonidan yo‘q qilindi. Shuningdek, ikki kishi jarohat olgani aytilyapti.
Portal ma'lumotlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs «Allohu akbar» deb qichqirgan.
Maktabda bo‘lgan bolalar, shuningdek, garovga olingan ayol jarohat olmagan.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026