Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Chorvoq suv ombori” nasos stansiyasidagi o‘g‘irlik fosh etildi
Illyustrativ foto/Satu.kz
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida jinoyat yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
22 may kuni “Qurilish montaj ta'mirlash” UK rahbari Z.Q. IIBga murojaat qilib, 2017 yil dekabr oyidan 2018 yil aprel oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs “Chorvoq suv ombori” halqa yo‘lida qurilgan nasos stansiyasiga, eshik qulfini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 68.600.000 so‘mlik 7 dona “Grandfar” rusumli suv nasoslarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Chorbog‘ qo‘rg‘onida yashovchi 5 nafar shaxs sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar.
Mavzuga oid
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
12:26 / 18.03.2026
Toshkent-Chorvoq pulli yo‘lini uch yilda qurish rejalashtirilyapti
20:23 / 19.01.2026