Jamiyat | 16:30 / 29.05.2018
10173
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada o‘quvchi haydovchiga pichoq urib, avtomobilni olib qochdi

Foto: KUN.UZ

28 may kuni Farg‘ona shahrida noma'lum shaxs Bozorboshi ko‘chasida yashovchi I.A. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinaga yo‘lovchi sifatida o‘tirgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, u Farovonlik ko‘chasiga yetib kelganida haydovchi I.A.ning o‘ng qo‘l kaft va bo‘yin qismiga pichoq bilan urib tan jarohati yetkazib, uni avtomashinadan tushirib yuborib, avtomashinani noma'lum tomonga haydab qochgan. 

Natijada I.A. kasalxonaga yotqizilgan. 

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Sayilgoh ko‘chasida yashovchi 6-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi J.T. sodir etganligi aniqlanib, u avtomashinani Farg‘ona shahrida haydab ketayotganida ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid