Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasining qarori bilan Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini hisobdan çiqariş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga özgartirişlar kiritildi.

Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini hisobdan çiqariş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga kiritilayotgan özgartirişlar:

Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etiladi:

«Mazkur Yöriqnoma Özbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Özbekiston Respublikasining «Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisida»gi, «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi va «Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya ta'minoti töğrisida»gi qonunlari, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 9 avgustdagi PF–1504-son «Byudjyet bilan hisob-kitoblar uçun xöjalik yurituvçi sub'yektlarning mas'uliyatini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi, 1998 yil 4 fevraldagi PF–1923-son «Hisob-kitob mexanizmini takomillaştiriş hamda Respublika byudjyeti va mahalliy byudjyetlarga tölovlar tuşişini rağbatlantiriş çoralari töğrisida»gi va 2002 yil 30 martdagi PF–3047-son «Pul massasi ösişini çeklaş va moliyaviy intizomiga rioya etilişi yuzasidan javobgarlikni oşiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonlariga muvofiq xöjalik yurituvçi sub'yektlarning bank hisobvaraqlaridan (keyingi örinlarda hisobvaraq deb yuritiladi) pul mablağlari ularga qöyilgan talablarni qondiriş uçun yetarli bölmaganda, mablağlarni hisobdan çiqariş tartibini belgilaydi.». 

1-bandning törtinçi xatboşisi quyidagi tahrirda bayon etildi: 

«byudjyet mablağlarini oluvçilarning kreditorlik qarzlarini tölaş uçun ularning hisobvaraqlariga mablağ ajratiş rejalari doirasida moliya va soliq organlari tomonidan işlab çiqilgan hamda Moliya vazirligi va Davlat soliq qömitasi tomonidan qonunçilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan sxemalarda körsatilgan hisobvaraqlarga;».

8-band quyidagi tahrirda bayon etildi:

«8. Xöjalik yurituvçi sub'yektlarning «20400 — Jamğarma depozitlar», «20600 — Muddatli depozitlar» hisobvaraqlaridagi mablağlar, şuningdek «22602 — Mijozlarning akkreditivlari böyiça depozitlari» va «22606 — Mijozlarning import bilan boğliq tratta va/yoki trast hujjatlari bilan kafolatlangan akkreditivlar böyiça depozitlari» hisobvaraqlaridagi mablağlar qoldiqlari uşbu Yöriqnomaning 5-bandida körsatib ötilgan talablarni qondiriş uçun depozit va akkreditiv şartnomalarida körsatilgan muddat tugagandan keyin banklar tomonidan tegişli hisobvaraqqa kirim qilinadi.».