Radioaktiv materiallar, şuningdek qurol-yaroğlarga taalluqli quyidagi qöşimçalar kiritildi:

  • radioaktiv materiallarni olib qöyiş mutaxassis iştirokida amalga oşiriladi;
  • radioaktiv materiallar ekspertizadan ötkaziladi va saqlaş uçun FAning Yadro fizikasi institutiga yoki belgilangan litsenziyaga ega bölgan boşqa taşkilotga topşiriladi;
  • radioaktiv materiallar FAning Yadro fizikasi instituti yoki litsenziyaga ega bölgan boşqa taşkilot tomonidan yöq qilinadi;
  • tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi davomida olib qöyilgan yoxud taqdim qilingan öqotar qurollar, öq-dorilar, giyohvandlik vositalari sud-tibbiy bölinmalarida tekşiruvdan ötkazilganidan keyin faqat IIV, DXX organlarida yoki Mudofaa vazirligining harbiy muassasalarida saqlanadi.

Foto va videoyozuvlardan foydalaniş böyiça - zarur hollarda narsalarni olib qöyiş, taqdim qiliş çoğida fotosuratga yoki videoyozuvga tuşiriladi. JPKning 91-moddasi törtinçi qismida nazarda tutilgan protsessual harakatlar majburiy tarzda videoyozuv orqali qayd etiladi. Bunda, fotosuratlar, videoyozuv bayonnomaga ilova qilinadi va protsessual harakatning nomlanişi, sanasi, joyini izohlovçi yozuvlar bilan rasmiylaştiriladi.

Olib qöyilayotgan yoki taqdim qilinayotgan narsalar röyxatini, ularning miqdori köpligi sababli tuziş imkoniyati bölmasa, ular öramga solinib muhrlanadi. Bunda narsalari olib qöyilgan yoki qabul qilingan şaxs, xolislar, tergovga qadar tekşiruvni amalga oşiruvçi organning mansabdor şaxsi, suriştiruvçi, tergovçi, sudya tomonidan yozuvlar va imzolar bilan tasdiqlangan yorliqlar bilan ta'minlanadi. Bunday holatlarda, olib qöyilayotgan, taqdim etilayotgan narsalarning röyxati tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv, tergov yoki sud muhokamasi ötkazilayotgan joyda xolislar iştirokida tuziladi va bu haqda bayonnomada narsalar solingan öramdagi muhrlar va imzolar butunligi körsatiladi.