Jahon | 09:52 / 29.05.2018
11844
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev Qrim bilan chegaradosh tumanlardagi jiddiy muammo haqida ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti

Ukraina prezidentining Qrimdagi doimiy vakili Boris Babinning aytishicha, Qrim bilan chegaradosh bo‘lgan qator tumanlarda «davlat boshqaruvi belgilarining yo‘qolishi» kuzatilmoqda. Bu haqda u «Obozrevatel»ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning aniqlik kiritishicha, xususan, Xerson oblastining Genichesk tumanida «ommaviy uyushgan jinoiy guruhlar paydo bo‘lib, ular Ukrainaga qarshi aksiyalar o‘tkazmoqda».

«Vaziyat hozircha harbiy ko‘rinish olmadi, biroq, xavfsiz ham emas. Mahalliy darajada bunga qarshi kurashish oson emas, ham politsiya, ham ijro hokimiyati qiynalmoqda. Ishonchim komilki, bizning maxsus xizmatlar va markaziy apparat tegishli choralarni ko‘radi. Biroq, Ukraina xalqi bu muammo haqida bilishi kerak», - deya ma'lum qildi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qrimdagi harbiy imkoniyatlarini kuchaytirayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid