Jahon | 01:28 / 29.05.2018
6796
2 daqiqa o‘qiladi

Mahmud Abbos milliy yarashuv va AQSh bilan munosabatlar borasida bir nechta farmon chiqarmoqchi

Dushanba kuni shifoxonadan chiqqan Falastin yetakchisi Mahmud Abbos yaqin orada falastinorasi yarashtiruv, shuningdek AQSh va Isroil bilan munosabatlarga oid bir qator farmonlarni imzolashni mo‘ljallamoqda. Bu haqida «Dunyo al Vatan» axborot portaliga uning tashqi siyosat masalalari va xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi Nabil Shaat xabar bergan, deb yozadi TASS.

«Muhim qarorlar rais Abbosning shifoxonadan chiqqanidan so‘ng qabul qilinadi. Ularning ichida eng muhimlari milliy birlik va falastinorasi masalalari bo‘ladi, — degan u. — Xususan, farmonlar bir qator siyosiy jihatlar, Isroil va Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlar, shuningdek, Falastin hokimiyatining xalqaro faoliyatiga tegishli bo‘ladi. Ular yarashuv va G‘azo sektoridagi vaziyat, biz boshdan kechirayotgan inqiroz, jumladan davlat xizmatchilariga oylik maosh to‘lash muammolarini qamrab oladi».

2017 yilning oktabrida Qohirada O‘rdun daryosining g‘arbiy sohilida hukmronlik qilayotgn FATH harakati va G‘azoga egalik qilayotgan HAMAS o‘rtasida uzil-kesil yarashuv haqida bitim imzolangan edi. Kelishuvlarga ko‘ra, milliy kelishuv hukumati 1 dekabrdan kechiktirmasdan barcha Falastin yerlarida to‘liq hokimiyatni o‘z qo‘liga olishi kerak edi. Biroq fransiyalar o‘rtasida yuz bergan ziddiyatlar, jumladan, anklavda hokimiyatning koalitsion vazirlar mahkamasiga topshirilishi tufayli yarashuv bitimlarining shartlarini hayotga tatbiq etish yana depsinib qolgan edi.

Dushanba kuni Mahmud Abbos o‘zi bir haftadan buyon davolanayotgan Ramallohdagi shifoxonadan chiqqan. Falastin davlatining 82 yoshli raisi 15 may kuni qulog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazganidan so‘ng shamollash tashxisi bilan yotqizishgan edi. Ma'lum qilinishicha, seshanba kuni u ishga qaytib chiqishi kerak.

Mavzuga oid