Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos HAMAS harakatining bölajak Falastin hukumatida iştirok etişini qat’iyan rad etdi. Abbos 25 sentabr, payşanba kuni BMT Boş assambleyasi iştirokçilariga video-aloqa orqali murojaat qilib, «HAMAS davlat institutlarini boşqarişda heç qanday rolga ega bölmaydi», dedi.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş assambleyasining umumiy muhokamalari çoğida translatsiya qilingan nutqida falastinlik siyosatçi HAMAS va boşqa qurolli guruhlar qurollarini topşirişi va qonuniy hokimiyatga böysunişi kerakligini aytdi. U, şuningdek, Falastin davlatini barpo etiş uçun xalqaro yordamga çaqirdi.
Falastin ma’muriyati rahbari 2023 yil 7 oktyabrda HAMASning Isroilga uyuştirgan hujumini «Falastin xalqini ifodalamaydigan harakat» deb atadi. «Biz antisemitizmni rad etamiz», dedi Abbos. Şuningdek, u Ğazo sektorida davom etayotgan uruş paytida Isroil armiyasining harakatlarini qoralab, ularni «harbiy jinoyat va insoniyatga qarşi jinoyat» deb atadi.













