Falastin prezidenti Mahmud Abbos Arab davlatlari ligasi Boş kotibi Ahmad Abu Ğayt bilan uçraşuv ötkazdi, unda Falastin masalasidagi dolzarb özgarişlar hamda Ğazoda öt oçişni töxtatişga erişiş harakatlari muhokama qilindi.
Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga köra, uçraşuv Qohirada bölib ötgan, Abbos Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining taklifiga binoan 12-Butunjahon şaharlar forumida iştirok etiş uçun kelgan.
Abbos Abu Ğaytga Falastin masalasi bilan boğliq sönggi özgarişlar, Falastin xalqi holati va Ğazodagi mojaroga barham beriş uçun davom etayotgan sa’y-harakatlar haqida ma’lumot berdi.
Bundan taşqari, Abbos ADL boş kotibi bilan Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda 11 noyabr kuni ötkazilişi rejalaştirilgan favqulodda arab-islom sammitidan kutayotgan umidlari bilan örtoqlaşdi.













