Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos Misrning Şarm aş-Şayx şahrida Ğazo tinçlik bitimi imzolaş marosimi böladigan «tinçlik sammiti»da iştirok etadi. Bu haqda Axios muxbiri Barak Ravid özining X sahifasida 12 oktyabr, yakşanba kuni manbaga tayanib xabar berdi.

«Falastin rasmiysi menga Falastin prezidenti Abbos ertaga Trampning Misrdagi tinçlik sammitida iştirok etişni rejalaştirayotganini aytdi», — deb yozadi Ravid.

Axios'dan taşqari Misrning Al-Shorouk gazetasi ham manbalarga tayanib, Abbosning 13 oktyabr kuni bölib ötadigan sammitda iştirok etişi haqida xabar berdi. «Falastin prezidenti Mahmud Abbos ertaga Şarm al-Şayxdagi tinçlik sammitida iştirok etadi», deb yozadi naşr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

11 oktyabr, şanba kuni Misr Taşqi işlar vazirligi 13 oktyabr kuni Şarm aş-Şayxda xalqaro «tinçlik sammiti» ötkaziş rejasini ma’lum qildi. Yiğilişda «Ğazodagi uruşni tugatiş böyiça kelişuv» imzolanişi kutilmoqda. Ötgan hafta Misrning uşbu şahrida Isroil va HAMAS örtasidagi dastlabki kelişuv imzolangan edi.

TIV ma’lumotlariga köra, uçraşuvga AQŞ va Misr prezidentlari Donald Tramp va Abdulfattoh as-Sisi hamraislik qiladi. Sammitda jami 20 ga yaqin dunyo yetakçilari, jumladan Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers iştirok etadi.

Ayni paytda Isroil va XAMAS imzolaş jarayonida iştirok etmaydi. Biroq, guruh sammit kuni ertalab isroillik garovga olinganlarni ozod qilişi kutilmoqda.