Jahon | 10:21 / 29.05.2018
12450
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya RKK majmualarini AQSh raketalari texnologiyasini hisobga olib yaratadi

Foto : Vitaly V. Kuzmin

Rossiyaning radioelektron kurash bo‘yicha yangi komplekslari (RKK) g‘arb koalitsiyasi davlatlarining Suriyaga zarbalaridan so‘ng Rossiyaga olib chiqib ketilgan Amerikaning «Tomagavk» qanotli raketalarini tadqiq qilishda olingan ma'lumotlarni hisobga olgan holda yaratiladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu haqda Radioelektron texnologiyalar konserni bosh direktori birinchi o‘rinbosari maslahatchisi Vladimir Mixeyev aytib o‘tgan.

«Albatta, bu tajriba asosida hozir yangi ishlarga texnik vazifalar tayyorlanmoqda, ularning doirasida biz olingan barcha ma'lumotni hisob olgan holda elektron urushning yangi texnika namunalarini quramiz. Yangi texnika barcha chastota diapazonlarini to‘sib qo‘yishi kerak - biz ko‘rgan mahsulotlardagi optik va radiotexnik chastotalarni ham», - deya aytib o‘tdi Mixeyev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ukrainalik admiral Rossiyani tiyib turuvchi omil haqida gapirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid