Toshkent shahar tegishli sudlari raislari sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi
2017 yil 7 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni imzolangan.
Mazkur farmon ijrosini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahar jinoyat, fuqarolik, ma'muriy va iqtisodiy sudlari raislari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan 2018 yilda o‘tkaziladigan sayyor uchrashuvlar grafigi tasdiqlangan.
Mana shunday sayyor uchrashuvlardan biri joriy yilning 29 may kuni Yunusobod tuman xokimiyati binosida bo‘lib o‘tdi. Tegishli davlat tashkilotlaridan vakillar va mutaxassislar ham qatnashdi. Uchrashuv fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan savol-javob tarzidagi uchrashuv tarzida o‘tkazildi. Uchrashuvlarni shaxsan sud raislari olib bordi. Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan barcha huquqiy masalalariga yechim topishdi.
O‘tkazilgan uchrashuv shuni ko‘rsatdiki, muammolarning aksariyati fuqarolarning huquqiy bilimlari yetishmasligi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, ular, asosan, oila, mulk, meros, bozor, o‘z shaxsiy huquqini bilmaslik, vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatga qo‘yish, soliq, uy-joy qonunchiligini bilmaslik kabilardan iborat bo‘ldi. Toshkent shahar tegishli sud raislari fuqarolarning e'tiroz va shikoyat-arizalarini, albatta, mas'ul shaxslar tomonidan qonunan ko‘rib chiqilishini ta'minlanishini nazoratga olishlarini ta'kidlab o‘tishdi.
Mavzuga oid
17:48
Jismoniy shaxslarga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:25 / 21.11.2024
2024 yilda 30 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar tuhmat va haqorat qilgani uchun sudlandi
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
10:16 / 12.11.2024