Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi masjidlarda xatmonalar boshlandi
Bugun, 29 may kunidan e'tiboran Toshkent shahridagi masjidlarda, jumladan «Xasanboy» jome masjidida Qur'on Karim xatmonasi boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahar vakilligi xabar bermoqda.
«Ramazon kechalarida dunyo masjidlari qatorida yurtimiz masjidlarida ham o‘tkazilayotgan xatmi Qur'on tarovihlarida yurtdoshlarimiz Alloh taoloning buyuk Kalomiga muhabbat ila some bo‘lib bormoqdalar. Bugun 29 May sanasida Toshkent shahridagi «Hasanboy» jome masjidida Qur'oni Karim xatmonasi ya'ni, Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qilib, chin ixlos ila duolar qilinadi», deyiladi xabarda.
Ma'lumot uchun, Yunusobod tumanida joylashgan mazkur masjidda qorilar Abdurauf Karimov, Jaloliddin Mirzaqulov, Muhammadjon Ho‘jayev Kalomullohning so‘nggi suralari o‘qib, xatmona qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:00 / 08.07.2026
Eng ko‘p talaba Toshkent shahrida tahsil olmoqda
18:48 / 06.07.2026
Toshkentda uy xizmatchisi 91 yoshli ayolni qiynab kelgani aniqlandi
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
09:30 / 23.06.2026