Jahon | 07:47 / 30.05.2018
6712
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Tehrondagi teraktlar bo‘yicha AQShga qarshi da'vo arizasi tayyorlashni boshladi  

Foto: FARS

Eron parlamenti 2017 yil Tehronda IShID tomonidan amalga oshirilgan teraktlar yuzasidan AQShga qarshi da'vo arizasi tayyorlashni boshladi. Fars axborot agentligining ma'lum qilishicha, bu haqda parlament yuridik komissiyasi a'zosi Abulfazi Abutorobiy xabar qilgan.  

“Tramp saylovoldi kampaniyasi vaqtida AQSh IShIDni yaratganini eslatgan holda o‘z raqibi – Klinton xonimning qilmishlari haqida gapirgandi”, deb aytgan Abutorobiy.

Uning aytishicha, prezidentning aytganidan ishonchliroq narsa bo‘lishi mumkin emas va shu sababli Eron parlamenti 17 kishining umrini olib ketgan Tehrondagi teraktlar bo‘yicha Vashingtonga qarshi Xalqaro sudga da'vo arizasi berishga qaror qildi.  

Abutorobiyning aytishicha, prokuratura ham shunday da'vo arizasi tayyorlashni boshlagan. 

Tehronda 2017 yil 7 iyunda bir vaqtning o‘zida ikkita terakt amalga oshirilgan. Teraktlar oqibatida 17 kishi halok bo‘lgan, 43 kishi jarohatlangan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid