Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya elchisi Bosh prokuraturaga bordi, birgalikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi mumkin
Bugun Bosh prokuraturada O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodovning Fransiyaning favqulodda va muxtor elchisi Violen de Vilmor bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikning keng yo‘nalishlari, jumladan, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlariga qarshi kurash hamda investorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Elchi prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Prokuratura xodimlari kasbiy tayyorgarligining ahamiyati xususida so‘z yuritilib, Violen de Vilmorga Bosh prokuratura huzuridagi Oliy o‘quv kurslarining Akademiya sifatida qayta tashkil etilganligi ma'lum qilindi.
Shu munosabat bilan, Fransiya elchisi huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xodimlari uchun Fransiya davlatidan soha mutaxassislari, ekspertlarni jalb etgan holda birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazishga qiziqish bildirgan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida huquqiy sohada shartnomaviy-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan ekstraditsiya va huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar tuzish zaruriyati alohida ta'kidlandi.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
09:45 / 01.07.2026