O‘zbekiston | 17:02 / 30.05.2018
6475
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyat hokimi koreyalik ishbilarmonlar bilan turli sohalarda muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2018 yil 18 maydagi 01-04/1078-sonli topshirig‘iga muvofiq, Qashqadaryo viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 27 may – 31 may kunlari Janubiy Koreya hamda 1–3 iyun kunlari Turkiya Respublikasiga xizmat safariga borishi belgilangan edi.

Tashrif doirasida joriy yilning 28 – 29 may kunlari Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev boshchiligidagi 14 nafardan iborat qashqadaryolik ishbilarmonlar delegatsiyasi Janubiy Koreyaning nufuzli kompaniyalar vakillari bilan samarali muzokaralar o‘tkazishdi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

Ta'kidlash joiz, O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan biznes forum hamda uchrashuvlarda Janubiy Koreyada faoliyat olib borayotgan nufuzli kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Mazkur muzokaralardan ko‘zlangan asosiy maqsad qurilish materiallari, kosmetika, chiqindini qayta ishlash, kantselyariya vositalari, issiqxona plyonkalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan tegishli loyihalarni amalga oshirish hamda mevani qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iborat.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimiyati matbuot xizmati

Tashrif doirasida, Koreyadagi Sungshin Cement Co., Ltd kompaniyasi prezidenti janob Kim Sang Kyu bilan viloyatda yillik quvvati 1,2 mln. tonna sement ishlab chikarishga mo‘ljallangan korxona tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Foto: Qashqadaryo viloyat hokimiyati matbuot xizmati

Shu bilan birga, viloyat hokimi va  Jaubiy Koreyadagi Inchxon shahrining meri janob Myung Guk Xa bilan o‘tgan samarali muzokarada, Qarshi shahri bilan “Shayxali” qo‘rg‘onchasini ijtimoy-iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Sarvar Anvar o‘g‘li,
KUN.UZ muxbiri

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid