Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya AES qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
«Rosatom» delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.
Qayd qilinishicha, korporatsiya vakillari o‘zbek tomoni bilan atom sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilmoqda. O‘zbekiston va Rossiya atom elektr stansiyasi qurish bo‘yicha kelishuvni tayyorlashni davom ettirmoqda.
Rossiya delegatsiyasini korporatsiya bosh direktori Aleksey Lixachyov boshqarmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, delegatsiyani O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rosatom» O‘zbekiston bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
11:50 / 10.07.2026