Özbekiston har tomonlama juda yaxşi misoldir. Bu haqda «Rosatom» korporatsiyasi boş direktorining birinçi örinbosari Kirill Komarov Soçi şahrida bölib ötayotgan «Atomekspo-2018» forumi doirasida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda KUN.UZ muxbiri.
«SSSR davrida Özbekiston uran qazib olingan asosiy joylardan biri bölgan. Bu hozir ham qilinmoqda, buning uçun juda yaxşi texnologiyalar bor. Özbekistonda tadqiqot reaktori ham bor. Mamlakat hukumatining yaqinda uşbu reaktorni qayta işga tuşiriş böyiça qarori juda töğri böldi, deb hisoblayman. Biz bunda faol yordam bermoqdamiz. Iyunda yoqilği yuklanadi va reaktor yana işlay boşlaydi.

Özbekiston öz resurslariga boy davlat sifatida maşhur. Yaxşi bilamizki, uşbu davlatda gaz juda köp, gazda elektr energiyasini işlab çiqiş imkoniyati ham bor. Biroq, Özbekiston atom energiyasi haqida juda jiddiy öylamoqda. Nega? Birinçidan, Özbekistonga gazni yoqişdan köra, eksport qiliş foydali. Mamlakatga atom stansiyasi bölişi, gaz esa eksportga çiqqani yaxşiroq. Bundan taşqari, atom energiyasi bu faqat şunçaki energiya emas. Bu istalgan mamlakatni rivojlantiriş uçun juda katta turtkidir – ilm-fan, ta'limga yordam, yuqori texnologiyali sanoatning barpo etilişi. Bu stansiyalar yonida şaharlar, yaxşi maoşga, yaşaş şaroitlariga ega odamlar paydo böladi.
Biroq, uşbu masalaga kompleks yondaşuv lozim. Mamlakatda qonunçilik, uşbu obekt xavfsizligini kuzata oluvçi yadroviy tartibga soliş tizimining bölişi, texnologiyalarning mahalliylaştirilişi va mahalliy sanoatning bunda iştirok etişi uçun şaroitlar yaratilişi, stansiyaga ham xizmat körsatişi, ham uni ta'mirlaşi mumkin bölgan kadrlar borligi muhim. Ammo, uşbu barça narsalarni amalga oşirsa böladi. Özbekiston bu yölni boşlayotgan birinçi davlat emas. Işonçim komilki, Özbekistonda ajoyib loyihani amalga oşiramiz», - deya aytib ötdi Komarov.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev respublika 2018 yilda Rossiya bilan respublika hududida atom elektr stansiyasini (AES) quriş böyiça hujjatlar imzolaşni rejalaştirayotgani haqida ma'lum qilgandi.











