Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi nomi va rahbari o‘zgardi
AQShning Tinch okeani qo‘mondonligi (PACOM) nomi Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga o‘zgartirildi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis ma'lum qilgan.
“Hind va Tinch okeanlarining o‘zaro aloqasi ortib borayotgani munosabati bilan biz Tinch okeani qo‘mondonligini Hind-Tinch okeani qo‘mondonligiga qayta nomlaymiz”, deb aytgan Mettis PACOM’ga yangi qo‘mondon tayinlanishi tantanali marosimida.
Oxirgi uch yil bu lavozimni admiral Garri Garris egallagan. Garris hozir AQShning Janubiy Koreyadagi elchisi lavozimiga ilgari surilgan. Hozircha bu lavozim bo‘sh qolmoqda. Garrisning o‘rnini admiral Filip Devidson egalladi.
Mettis marosimdagi nutqida AQShning Tinch va Hind okeanidagi ittifoqdoshlari va hamkorlari bilan munosabatlari “mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘ta muhimligi tasdiqlaganini” ta'kidlab o‘tgan. Mettis aynan qaysi davlatlarni nazarda tutayotganini aytmagan.
Shu bilan birga AQSh oxirgi yillarda Hindiston bilan harbiy hamkorlikni faol rivojlantirib bormoqda. Ikki davlat kemalari Hind-Tinch okeani mintaqasida muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazib keladi.
Mavzuga oid
09:40
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026