Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron bo‘yicha xalqaro koalitsiyani tuzishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin
Foto: AFP
Yevropa ittifoqining AQShdagi elchisi Devid O'Sallivanning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishi noyadroviy masalalarga yechim topish bo‘yicha xalqaro koalitsiyani tuzishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Yevropa tomonining eng asosiy afsuslaridan biri - biz AQShning Eron yadroviy bitimidan chiqish bo‘yicha qarori boshqa masalalar bo‘yicha harakatni yanada qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin ekanidan xavotirdamiz», - dedi O'Sallivan.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron bilan aloqador boshqa muammolarga yechim topish uchun xalqaro koalitsiyani tashkil etish harakati bo‘yicha qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy bitimidan chiqishi haqida 8 may kuni ma'lum qildi. Keyinchalik Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Eron bilan yangi kelishuv imzolamoqchi ekanini bildirdi. Uning fikricha, 2015 yilda Rossiya, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya va AQSh tomonidan imzolangan bitim yetarli darajada samarali emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Eron bilan munosabatlar qanday shartda tiklanishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026