13:56 / 31.05.2018
18065
Reklama

LG Electronics O‘zbekistonda eng uzoq kutilgan smartfonlardan biri - LG V30+’ni sotuvga chiqardi

Foto: LG Electronics

Iste'molchilarning ixcham korpusda katta displeyga ega bo‘lish istagiga amal qilib, LG muhandislari 6 dyuymli FullVision displeyini tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan korpusga sig‘dirishdi, u oldingi LG V20’dan ko‘ra 8 mm.ga qisqa va 3 mm.ga ingichkaroq. Har tomondan chidamli shisha panellariga ega bo‘lgan LG V30+ foydalanishda o‘zining ajoyib ko‘rinishi bilan tan olindi. Atigi 158 gramm og‘irlikdagi LG V30+ smartfonlar ichida 6 dyuym yoki undan kattaroq displeyli eng yengiliga aylandi.

Foto: LG Electronics

«LG V30+ smartfoni foydalanuvchilarga hayotlarining eng yaxshi daqiqalarini muhrlashda yordam berishga mo‘ljallangan, - deydi LG Electronics Mobile Communications kompaniyasi prezidenti Juno Cho. - Mavjud funksiyalar va xususiyatlarga ko‘ra, smartfon ko‘zni quvontiradi, ajoyib tovushga ega va yoqimli hislar beradi. Tashqi ko‘rinishiga kelsak, bu, ehtimol biz qachonlardir yaratgan eng chiroyli smartfondir».

Foto: LG Electronics

LG smartfonlari mobil fotosurat sohasida eng yaxshi deb tan olingan, hamda LG V30+ bu an'anani davom ettirmoqda. LG V30+’da bir nechta innovatsiya bor, ular smartfonlarda birinchi marta taqdim etildi. Asosiy kamera f/1.6 aperturali linzalar bilan jihozlangan, ko‘proq yorug‘likni tutib oladi, avvalidan ham yorqin fotosuratlar yaratishga imkon beradi. Crystal Clear linzalari shishadan ishlab chiqarilgan - odatda faqat old kameralarda ishlatiladigan material, - u an'anaviy plastik linzalarga qaraganda aniqroq rang uzatish va ravshan tasvirlarni taqdim etadi.

Foto: LG Electronics

Professional sifatida suratga olish uchun V30+ Cine Video rejimi bilan jihozlangan. 15 ta oldindan rejalashtiruvchi filtrga ega Cine Effect funksiyasi yordamida videoni turli kinojanrlarda yaratish mumkin: romantik komediyalardan zamonaviy blokbasterlargacha. Point Zoom innovatsion funksiyasi faqatgina markazdagi emas, balki kadrdagi har qanday obektni kattalashtirishga imkon beradi. LG-Cine Log fayllar shakli keng dinamik va rang palitrasini beradi, bu esa olingan materialni qayta ishlashda ko‘proq imkoniyatlar yaratadi. Bularning barchasi QHD+ OLED FullVision displey bilan birga (2880 x 1440 kenglikka ega) tezkorlikni ta'minlaydi va Google Daydream virtual reallik dunyosi bo‘ylab ideal sayohat uchun qoldiq tasvirni kamaytiradi.

Foto: LG Electronics

Siz «Fleshka» texnobozoridagi «Radius» do‘konida, shuningdek LG’ning «Next» SKMdagi maxsus do‘konidagi aniq narx bilan tanishishingiz va mahsulotni sotib olishingiz mumkin. Shuningdek, siz 143-00-03 (LGBrandshop) va 200-31-00 (Radius) telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top