Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Merkel jahon liberal tartibini Trampdan himoya qilish uchun kansler bo‘lib qoldi
Foto: AP / Manuel Balce Ceneta
Germaniya kansleri Angela Merkel Donald Tramp AQShda 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, xalqaro liberal tartibni himoya qilish zarurligini tushunib yetgani tufayli to‘rtinchi muddatga saylanishga qaror qilgan. Merkelning so‘zlari AQSh sobiq prezidenti Barak Obama maslahatchisi sobiq o‘rinbosari Ben Rodsning kitobida keltiriladi, deb xabar bermoqda The New York Times.
Rodsning «The World as It Is» («Asl ko‘rinishga ega dunyo») kitobi joriy yilning 5 iyun kuni sotuvga chiqariladi. Unda maslahatchi sobiq o‘rinbosari Obama davridagi Oq uy haqida o‘z xotiralari bilan bo‘lishgan.
Kitobning qismlaridan birida Rods Merkel va Obama suhbati haqida yozgan. Qayd etilishicha, Merkel ko‘rsatilgan muloqot vaqtida Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng, «liberal xalqaro tartibni himoya qilish uchun yangi muddatga borish haqida qaror qabul qilgani»ni aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV Tramp Merkeldan Putin bilan o‘zini qanday tutish kerakligini so‘ragani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
10:37 / 28.04.2025
Tramp yangi antirekord o‘rnatdi
19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida
19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi
09:41 / 05.12.2021