Jahon | 11:48 / 31.05.2018
5234
2 daqiqa o‘qiladi

Pompeo Kim Chen Inning «o‘ng qo‘li» bilan muzokaralar o‘tkazdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bugun Nyu-Yorkda Shimoliy Koreya Ishchi partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yen Chxol bilan uchrashdi, deya xabar beradi Daily Mail.

Nashrning yozishicha, Kim Yen Chxol KXDRning eng nufuzli amaldorlaridan biri bo‘lib, uni ko‘pincha Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning «o‘ng qo‘li» deb atashadi.

Xabar qilinishicha, siyosatchilar AQSh prezidenti Donald Tramp va Kim Chen Inning kelgusidagi uchrashuvini muhokama qilmoqdalar. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, uchrashuv 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv tafsilotlari ochiqlanmagan.

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Shimoliy Koreya Ishchi partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Kim Yen Chxol bilan «yaxshi tushlik» qilgani haqida ma'lumot berdi. Davlat kotibi bu haqda tvitterda yozgan.

«Bugun Nyu-Yorkda Kim Yen Chxol bilan yaxshi amaliy tushlik o‘tkazildi», - deya yozgan Pompeo. 

Uning aytishicha, menyuda steyk, jo‘xori va pishloq bor edi. Bundan tashqari, u tvitterda tushlikdan fotosuratlarni joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR vakili Nyu-Yorkka kelayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid