Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqori Chirchiqdagi xonadondan deyarli 7 kilogramm «ko‘knor» topildi
16 may kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida viloyat IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida, Darxon ko‘chasida yashovchi J.A. ismli ayolning uyidan 6 kg. 953,8 gr. “ko‘knor” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shuningdek, 29 may kuni “Qoradori-2018” tadbiri davomida Toshkent shahar “Bektemir” YPX maskanida “Qo‘yliq-Do‘stobod” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi “Isuzu” rusumli avtobus yo‘lovchisi, Yashnobod tumanida yashovchi muqaddam sudlangan F.F. va Toshkent viloyatida yashovchi K.P.larning sumkasidan 2 kg. 296 gr. “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqda 2 kilogramm, G‘azalkentda qariyb 3 kilogramm «ko‘knor» topilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
16:58 / 02.06.2026