Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya tadbirkorlarining 84 foizi O‘zbekistonda biznes iqlimi o‘sib borishiga ishonadi
Germaniya iqtisodiyoti sharqiy qo‘mitasi va Markaziy Osiyodagi Germaniya iqtisodiyoti vakillari birinchi marta O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nemis ishbilarmonlari va kompaniyalari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
O‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, 84 foiz respondentlar kelgusida ham O‘zbekistonda biznes iqlimining ijobiy borishiga umid bog‘lagan. Shuningdek, 66 foiz javob beruvchilar 2017 yil boshidan buyon iqtisodiyot va tadbirkorlik faoliyatini olib borishda sezilarli o‘sish kuzatilganini aytgan.
So‘rovnomada 66 respondentlar 2017 yil davomida O‘zbekistondagi shaxsiy biznesini yaxshi yoki juda yaxshi holatda, deb baholagan.
O‘zbekistondagi nemis ishbilarmonlarining fikricha, mamlakatdagi tadbirkorlik sharoitiga Xitoyning “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi orqali O‘zbekistonga kirib kelayotgan xitoylik tadbirkorlarning ta'siri kuchaymoqda.
Ma'lumot uchun, ayni paytda 132ta o‘zbek-nemis korxona, jumladan 27ta to‘liq xorijiy sarmoya asosida ish boshlagan korxonalar mamlakatda faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
23:45 / 27.06.2026
Germaniyada jazirama harorat bo‘yicha yangi rekord
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026