Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramzon Qodirov Iroqdan qariyb 100 nafar bola olib kelinishini ma'lum qildi
Foto: Aleksey Nikolskiy/TASS
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, Iroqdan Rossiyaga 94 nafar bola olib kelinadi. Ular ushbu mamlakatda uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan ayollarning farzandlaridir. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida yozgan.
«Murakkab yuridik masalalarni hal qilish bilan bog‘liq kichik tanaffusdan so‘ng, Rossiyadagi uyiga 94 bola qaytariladi. Ular Iroq hukumati tomonidan uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm etilgan ayollarning farzandlari», - deya yozgan Qodirov.
Checheniston rahbarining aytishicha, Rossiyaga bolalar ikki bosqichda olib kelinadi. Birinchi guruhda 49 bola bo‘ladi, ulardan 25 nafari joriy yilning iyunida olib kelinadi - ular bo‘yicha chegarani kesib o‘tishga doir barcha kerakli hujjatlar tayyorlangan. Qolganlar bo‘yicha esa hozirgi vaqtda tegishli yuridik jarayonlar olib borilmoqda. Ikkinchi bosqichda Rossiya tashqarisida tug‘ilgan bolalarni qaytarish rejalashtirilgan. Qodirovning ta'kidlashicha, bu jarayon «juda murakkab» sanaladi.
Shuningdek, uning aytishicha, Checheniston hukumati bolalarning qarindoshlariga DNKga test topshirish taklifi bilan murojaat etishni rejalashtirmoqda - u bolaning fuqaroligi faktini o‘rnatish va qaytarish jarayonini yengillashtirishda yordam beradi. Qodirovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya tomonida Iroq bilan kelishuv bor, unga ko‘ra mahalliy hokimiyat Iroqdagi oilalarga rus tilida so‘zlashuvchi bolalarni boqib olishga ruxsat bermasligi lozim.
Checheniston rahbari ma'lumotlariga ko‘ra, Iroqda ayni damda rossiyalik 49 nafar ayol qamalgan. 21 nafari umrbod ozodlikdan mahrum etilgan bo‘lsa, ikki nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, yana 26 ayol sud qarorini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Ramzon Qodirovning pozitsiyasi bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
13:03 / 05.01.2026
Iroqda O‘zbekiston korxonalarining filiallari ochiladi
19:43 / 04.01.2026
Qodirov omma oldida hassa tutgan holda ko‘rinish berdi
08:05 / 09.12.2025