Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud binosiga telefon, foto va video qayd etish vositalarini sudda raislik qiluvchi ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi
“Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi Ichki ishlar vazirligi qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida e'lon qilindi.
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha:
13 va 14-bandlar quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“13. Sud majlisini fototasvirga tushirish, audio va videoyozuvini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarida translyatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
14. Sud binosiga mobil telefon, foto va video qayd etish vositalarini sud majlisida raislik qiluvchining ruxsatisiz olib kirish taqiqlanadi, mazkur Yo‘riqnomaning 14-1-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.”.
Quyidagi mazmundagi 14-1-band bilan to‘ldiriladi:
“14-1. Advokat o‘z professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga qat'iy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
16-banddan “(mobil telefon, audio, foto va video qayd etish vositalari hamda elektron ma'lumot tashuvchi va uzatuvchi uskunalar)” degan so‘zlar chiqarib tashlanadi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
10:00 / 17.06.2026
Sud jarayonlarida advokatlar vakolatlari kengaytirilishi mumkin
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
10:00 / 13.06.2026